Yaponiya bosh murabbiyi: "Ilk kichik vazifani muvaffaqiyatli bajara oldik"

  • 9 mart, 2023, 19:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaponiya uchrashuvida yaponiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Yaponiya bosh murabbiyi Koichi Togashi ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Avvalo, Saudiya Arabistoni biz o‘ylagandan boshqacha o‘yin namoyish etdi. Biz oldinga chiqib oldik va o‘yinni nazoratimiz ostida ushlab turdik. 

Guruh bosqichidagi dastlabki ikki bellashuv o‘zgacha bo‘lgandi. Bu bellashuvlarda ilk taymlarda gol urish uchun harakat qildik. So‘ng ustunlikni nazorat ostida olib qolishga urindik. 

Bahs davomida rejalarimiz ish berdi, deb o‘ylayman. Ilk kichik vazifani muvaffaqiyatli bajara oldik.

Yigitlar etarlicha motivatsiyaga ega. Ularga alohida psixologik yordam kerak emas. Endi bor e’tiborimizni Iordaniyaga qarshi o‘yinga qaratamiz.

Sano yaxshi futbolchi. Saudiyaga qarshi eng yaxshi o‘n bittalikni tanladim. O‘yin davomida raqib bizga qarshi qanday harakat qilishini ko‘rdim. Umuman olganda, tarkibda futbolchilarimiz ko‘p va men ularning har biriga qisman bo‘lsa-da, imkon berishni istayman. Kodai ham bu vaziyatni to‘g‘ri qabul qildi", - dedi murabbiy.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!