
Yangi jamoada Mourinoning asosiy "quroli" Levandovski bo‘ladi
Turkiya Superligasida chempionlik uchun kurashda “Galatasaroy”ga imkoniyatni boy bergan “Fenerbahche” bosh murabbiylikka Joze Mourinoni olib kelishga qaror qildi.
Klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Barselona” to‘purari Robert Levandovskini transfer qilmoqchi.
Jurnalist Ertan Syuzgunning yozishicha, mutasaddilar polshalik hujumchi bilan aloqaga chiqqan va transfer bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, turklarda boshqa variantlar ham bor. Chunki Levandovskining transferi amalga oshmasligi mumkin. “Barselona”ni qabul qilib olnan Xans-Diter Flik 35 yoshli futbolchini jamoaning asosiy figurasiga aylantirmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Flik ilgari “Bavariya”ni boshqarganida Robert uning qo‘l ostida o‘ynagan va to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan.
Fikrlar