
Yana bir hamyurtimiz "ONE Championship" turnirida jang qiladi
2025 yil 21 mart kuni Bangkokdagi (Tailand) mashhur "Lumpinee" stadionida “ONE Friday Fights 101” xalqaro professional turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur professional kechada muaytay bo‘yicha ilk bor o‘zbekistonlik mashhur yosh sportchimiz Muxlisbek G‘anijonov tailandlik tajribali nomdor sportchi Khunsuekka qarshi ringga ko‘tariladi.
Muxlisbekning rekordi - 5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 4 ta nokaut;
Khunsuekning rekordi - 5 ta jang, 4 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat;
Ushbu xalqaro nufuzli turnir 21 mart kuni soat 17:30 da dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlarida jonli ravishda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston muaytay federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar