Yamal: Ana, o‘rnimga Fati o‘ynasin!

  • 10 aprel, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa Chempionlar ligasining chorak final birinchi uchrashuvida “Barselona” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Dortmundning “Borussiya” klubini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bellashuvda Rafinya va Lamin Yamal bittadan gol urgan bo‘lsa, Robert Levandovski dubl qayd etdi.

O‘yin oxirida qiziq holat yuz berdi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik 86-daqiqada Yamal o‘rniga Ansu Fatini maydonga tushirdi.

Jurnalist, Toni Xuanmartining yozishicha, 17 yoshli yulduz bosh murabbiyga uning o‘rniga aynan Ansu Fatini tushirishni o‘zi so‘ragan. Yamal 22 yoshli hujumkor futbolchi yanvar oyidan beri o‘ynamayotganini inobatga olib, unga o‘yin amaliyoti berilishini ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamalning jamoadagi mavqei ayni paytda Ansu Fatidan yuqori baholanayotgan bo‘lsa-da, u o‘tgan yili jamoadoshiga bo‘lgan hurmati yuzasidan unga tegishli 10-raqamni olishni rad etgandi.

Endi “Barselona” 12 aprel kuni Ispaniya chempionati doirasida “Leganes” mehmoni bo‘ladi va uch kundan keyin safar “Borussiya”ga qarshi javob o‘yinida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!