Xolandni “Chelsi”ning ikki yulduziga almashtiramiz!

  • 1 noyabr, 2021, 11:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” rahbariyati Erling Xolandni “Chelsi”ga berishga tayyor. Buning evaziga dortmundliklar “aristokratlar”ning ikki nafar o‘yinchisini o‘z safiga qo‘shib omoqchi.

Tecno

Footy Extras nashri “Borussiya” va “Chelsi” o‘rtasida do‘stona aloqa borligini inobatga olib, Xoland uchun kurashda “aristokratlar”ga imtiyoz berilishi haqida yozmoqda. Dortmundliklarga “Chelsi”ning transfer siyosati ham ma’qul kelgan. O‘tgan yozda jamoa Xoland sotilmasligini e’lon qilganidan keyin londonliklar ularni bezovta qilmadi va bor e’tiborini Romelu Lukakuni olishga qaratdi.

“Borussiya” yozda norvegiyalik hujumchini ushlab qololmasligini yaxshi biladi. Shu bois, ular mablag‘dan ko‘ra yuqori saviyali futbolchilarga ega bo‘lishni ma’qul topmoqda. Dortmundliklar “Chelsi”ning germaniyalik bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasida Timo Verner va Kallum Xadson-Odoiga ishonch bildira boshlaganini inobatga olib, aynan shu ikki o‘yinchini Bundesligaga olib kelmoqchi.

Shuningdek, dortmundliklarni Kristian Pulishich ham qiziqtirmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!