Xoland uchun aqlga sig‘maydigan pul so‘rashmyapti. Kuchimiz etmaydi!

  • 18 aprel, 2022, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi boshqaruv raisi Oliver Kan “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning myunxenliklar safiga o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Tecno

- Agar Xoland singari yosh va yorqin hujumchiga e’tibor qaratmaganimizda o‘z ishimizni uddalayapmiz, deyolmasdik. Erling zo‘r hujumchi va kelajak uchun juda yaxshi variant hisoblanadi. Lekin uning transferi uchun talab qilinayotgan summa aqlbovar qilmas darajada, - dedi Oliver Kan.

“Borussiya” Xolandni 2020 yilning yanvarida “Zaltsburg”dan 20 million evroga transfer qilgan. Endi norvegiyalik hujumchini oladigan jamoa 350 million evro atrofida mablag‘ sarflashi kerak bo‘ladi. Bu summa ichig dortmundliklarga to‘lanadigan badal puli, hujumchining to‘liq maoshi, agenti Mino Rayola va Xolandning otasiga to‘lanadigan katta miqdordagi bonuslar kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!