
Xitoy kompaniyasi bilan "Toshkent-2025" Osiyo va Para Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasida qurilayotgan inshootlarni yanada takomillashtirish masalasi muhokama qilindi
Bugun Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov “SAMSE” (Xitoy) kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakillari Guo Zijie va Xan Xueli bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar “Toshkent-2025” Osiyo va Para Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasida qurilayotgan inshootlarni yanada takomillashtirish, qurilish ishlarini jadallashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Kompaniya mamlakatimiz mezbonlik qiladigan “Toshkent-2025” Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi.
O‘z navbatida, “Toshkent-2025” Osiyo va Para Osiyo o‘yinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasini yanada kengaytirish, shuningdek, har bir sport majmuasi bo‘yicha ishlarni sifatli tashkil etish hamda kelgusi rejalar bo‘yicha fikr almashildi.
Fikrlar