Xavi kerakmas o‘yinchidan qutilish yo‘lini topdi

  • 10 iyul, 2022, 16:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xavi “Barselona” tarkibini optimallashtirishga va o‘ziga kerak bo‘lmagan o‘yinchilardan qutilishga katta e’tibor qaratmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis jamoa asosiy tarkibiga kira olmagan Miralem Pyanichni jamoadan ketkazmoqchi. Bosh murabbiy bu o‘yinchini mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida qatnashadigan o‘yinchilar ro‘yxatidan chiqarib yuborishga qaror qildi.

Shu orqali murabbiylar shtabi Pyanichni jamoadan ketishga majbur qilmoqchi.

Klub bosniyalik pleymeykerni “Sporting”ga sotib yubormoqchi. Portugaliyaliklar bu futbolchining transfer huquqini 50 foizini qo‘lga kiritish uchun kataloniyaliklarga 10 million evro taklif qilmoqda.

Bu variant “Barselona”ga ma’qul kelgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!