
Xavi g‘alati qarorga keldi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Chelsi” vakili Markos Alonsoni Kataloniyaga ko‘chirib kelmoqchi.
Alonsoning “aristokratlar” bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi. “Barselona” bu transfer uchun pul sarflamoqchi emas.
Xavi o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan 21 yoshli Serjino Destni Tomas Tuxel ixtiyoriga jo‘natib, 31 yoshli Alonsoni o‘z jamoasiga olib kelishni reja qilgan.
Amerikalik himoyachining kataloniyaliklar shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Destning transfer summasi 18 million evroga baholangan.
Markos Alonsoni esa har qanday klub 15 million evroga xarid qilishi mumkin.
Fikrlar