
Xamzat Chimaev: "Endi men och qolmayman!"
Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan UFC jangchisi Xamzat Chimaev (12-0) nima uchun o‘rta vazn (83,9 kg) toifasiga chiqishga qaror qilganini tushuntirdi.
“Bu boshqa divizion, boshqa kuch. Men endi butunlay boshqacha ovqatlanaman. Endi och qolmayman. Men yarim o‘rta vaznda (77,1 kg) harakat qilganimda faqat guruch iste’mol qilardim: tovuqli guruch, baliqli guruch, aqldan ozish mumkin. Endi men ko‘proq mashq qilaman, ko‘proq ovqatlanaman, ko‘proq energiya olaman. Xullas, barchasi ajoyib... Albatta, men hali ham vazn tashlashim kerak, lekin avvalgidek emas. Keyingi 25 kun ichida men iste’mol qiladigan ovqat miqdorini asta-sekin kamaytiraman. Endi hammasi boshqacha bo‘ladi”,- dedi Chimaev.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev 21oktabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC 294” turnirida braziliyalik Paulo Kostaga (14-2) qarshi jang qiladi.
Manba: ringside24.com
Fikrlar