Xabib Nurmagomedov: "Futbol tengi yo‘q sport"

CHERY AUTO

UFC  chempioni Xabib Nurmagomedov afsonaviy frantsuz futbolchisi Klod Makelele bilan tushgan fotosuratni instagram sahifasiga joylashtirdi. Sportchilar Parijda chempionlar ligasining guruh bosqichi "PSJ" - "Real" o‘yinida uchrashishdi.

Tecno

 “Bu afsonani kim eslaydi? Men uning ajoyib o‘yinlarini ko‘rib o‘sganman. Futbol - bu hech qanday sport yaqiniga yo‘lay olmaydigan, tengi yo‘q sport “, - deya  fotosuratga izoh qoldirgan.

Hozir Makelele "Chelsi" ning texnik direktori. Futbolchi ikki karra Ispaniya chempioni, Chempionlar Ligasi g‘olibi, "Real" tarkibida UEFA Superkubogi va qit’alararo kubok sohibi, shuningdek "Chelsi" da Angliyaning ikki karra chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!