
Xabi "Real" futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi
"Alaves"da ijara asosida o‘ynayotgan "Real" himoyachisi Rafa Marin Germaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi o‘tishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 21 yoshli markaziy himoyachiga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda. "Farmatsevtlar" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning shaxsan o‘zi hamyurtini sotib olishni klub rahbariyatidan so‘ramoqda. Ispaniyalik futbolchining transfer narxi besh million evroga baholanmoqda. Uning “Alaves” bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Marin 29 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar