
Xabi Alonso klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Real"ni boshqarmaydi
Avvalroq madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti KChMgacha jamoani tark etishi va uning o‘rnini Xabi Alonso egallashi mumkinligi aytilgandi. Biroq bu taxminlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
"Relevo" nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 43 yoshli Xabi Alonsoga "Real"ni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida boshqarmasligi aniq bildirilgan. Uning o‘rnida jamoani vaqtincha bosh murabbiy sifatida Santyago Solari boshqaradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Real" ham, Alonso ham musobaqadan avval tayinlanishni xohlamagan. Chunki Alonso bu kabi uzoq musobaqada to‘liq jamoa haqida etarli ma’lumotga ega bo‘lmasdan ish boshlashni istamagan.
U jamoa bilan ish boshlashni mavsumoldi yig‘inlari paytidan boshlashni ma’qul ko‘radi va aynan shu sababli rasmiy tayinlov KChMdan keyin amalga oshirilishi kutilmoqda.
Fikrlar