
WBO Aleksandr Usik uchun majburiy raqib tayinladi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) ukrainalik Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) uchun majburiy raqibni tayinladi.
Bu yangi zelandiyalik Jozef Parker (36-3, 24 KO) bo‘ldi. Qarorga ko‘ra, jamoalar yaqin 30 kun ichida jang o‘tkazish bo‘yicha kelishib olishlari shart.
Ma’lumot uchun, Jozef Parker so‘nggi jangida xitoylik Chjan Chjileyga qarshi bahsda g‘alaba qozondi.
Fikrlar