WBC reytingida Madrimov ko‘tarildi, Jalolov va Ergashev pastladi. Shu va boshqa o‘zgarishlar bilan tanishing

  • 17 fevral, 2023, 15:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashining (WBC) yanvar oyi bo‘yicha reytingi yangilandi. Boshqa tashkilotlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni e’lon qiladi. Unda hamyurtlarimiz o‘rinlari bilan tanishing:
 
Og‘ir vazn: Bahodir Jalolov 14-o‘rindan bir pog‘ona pastlab, 15-o‘rinda qayd etildi;
 
Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug‘ofurov 11-o‘rindan 12-o‘ringa tushdi, Bektemir Meliqo‘ziev 26-o‘rindan 2 pog‘ona yuqorilab, 24-o‘ringa joylashdi; 
 
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarildi; 
 
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 18-o‘rindan 17-o‘ringa, Shahram G‘iyosov 21-o‘rindan 19-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Jamshidbek Najmitdinov 29-o‘rindan 30-o‘ringa tushdi;   
 
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi 11-o‘rindan 13-o‘ringa tushdi; Botir Ahmedov 22-o‘rindan 21-o‘ringa ko‘tarildi;
 
Super yarim engil vazn (58,9 kg): Elnur Abduraimov ilk bor reytingda paydo bo‘ldi va 39-o‘rinda qayd etildi;
 
Birinchi o‘ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 13-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!