VXL. "Humo" Xitoy klubini yirik hisobda mag‘lub etdi va...

  • 15 noyabr, 2019, 21:45
  • 1
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Xitoyning "OERJI" klubini qabul qildi va 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Semyon Valuyskiy, Igor Merejko, Mixail Anisin, Evgeniy Grigorenko hamda Artem Voroninlar tomonidan kiritilgan shaybalarga mehmonlar safida Robert Shi va Xuan Penlar javob qaytardi xolos.

Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari o‘zlarining 3 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga barham berishdi. Ma’lumot uchun, toshkenliklar o‘zlarining navbatdagi bahsini 17 noyabr kuni Xitoyning "KRS-BSU" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur bellashuv poytaxtimizdagi "Humo-Arena" muz saroyida soat 17:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shoxrux MTJ
15/11/2019 21:54
Adminla Xitoy Marchello Lipini istefoga chiqardi shu xaqidayam yozila