Vladivostok turniri muvaffaqiyatli yakunlandi

CHERY AUTO

Rossiyaning Vladivostok shahri sambo bo‘yicha yirik xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. 2 kun davom etgan mazkur turnir xalqaro xotira turniri maqomida bo‘lib, o‘zida MDH, Evropa va Osiyo mamlakatlaridan vakillarini jamladi.

Tecno

Musobaqaning bugungi kunida terma jamoamizning 4 ishtirokchisi finalda bahs olib borishdi. Jangovor sambo bo‘yicha Bahodir Boqiev (-62 kg) hamda Istam Qudratov (-74 kg) o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Sport sambosi yo‘nalishida Sarbon Ernazarov -68 kilogramm vazn toifasida tengsiz deb topilgan bo‘lsa, Ulug‘bek Rahmonov (-82 kg) final bellashuvida imkoniyatni boy berib qo‘ydi, deya xabar beradi MOQ. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!