
Vladimir Shin turniri g‘oliblari aniqlandi
Olmaliq shahrida 18-23 avgust kunlari 2001-2002 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida jahon Kubogi soxibi, Sobiq Ittifoqda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Vladimir Nikolaevich Shin tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlab boks bo‘yicha o‘tkazilgan XIV an’anaviy xalqaro turnir uz yakuniga etdi.
Ushbu turnirda qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalari, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 170 ga yaqin yosh bokschilar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida o‘z vazn toifalarida quyidagi yosh charm qo‘lqop ustalari g‘olib bo‘lishdi:
49 kg
Avaz,Yuldoshev ( Farg‘ona)
52 kg
Mirzabek Mirzaxalilov(Farg‘ona)
56 kg
Xurshibdek Rasuljonov (Farg‘ona)
60 kg
Xayrullo Alimatov(Angren sh.),
64 kg
Azizbek Ozodbekov(Olmaliq sh.),
69
Nurislom Ismoilov (Farg‘ona),
75 kg
Suxrob Qayumov (Buxoro)
81 kg
Shohjahon Abdullaev(RIOZMI),
91 kg
Amirshox Samadov (Buxoro),
+91 kg
Mirmuxsin Maxmudov (Farg‘ona)
Musobaqaning barcha g‘oliblari, sovrindorlari, hakamlari "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aktsionerlik jamiyati Kasaba uyushmasi, Olmaliq shahar BO‘SM hamda xomiylar tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar, medallar va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Xalqaro turnirning "Eng yaxshi bokschisi" deb 64 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ozodbekov Azizbek (Olmaliq sh.) topildi va "Vladimir Shin kuchma Kubogi" xamda maxsus sovg‘a bilan taqdirlandi.
Fikrlar