
Vinus Uilyams ikkinchi davraga yo‘l oldi
Amerikalik Vinus Uilyams Mayami shahridagi ilk yurishini g‘alaba bilan boshladi. U "Premera" turkumidagi musobaqaning birinchi davrasida g‘alaba qozondi.
Vinusga ushbu bosqichda sloveniyalik Dalila Yakupovich qarshilik ko‘rsatdi. Mazkur o‘yinda Uilyams 7:5, 6:3 hisobida ustun keldi.
Endi "Miami Open" turnirining ikkinchi davrasida V.Uilyams ispaniyalik Karla Suares Navarroga qarshi raketkasini ko‘taradi.
Fikrlar