
Vinisius mavsumni qaerda boshlashi hal bo‘ldi
“Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi ancha paytgacha mavhum bo‘lib turdi. Saudiya Arabistoni klublari bu yulduz uchun tikkan summa o‘yinchini ham o‘ylantirib qo‘ygan edi.
Vinisiusga shayxlar taklif qilgan maosh miqdori uni “Real” bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokaralariga ham ta’sir qilib, kelishuv cho‘zilib ketdi.
Marca nashri jurnalisti Xose Feliks Diasning ma’lum qilishicha, bu masala o‘z echimini topdi. Manbaga ko‘ra, Vinisius “Qirollik klubi” bilan yangi shartnomaga imzo chekib bo‘ldi. Klub bu haqda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin rasman e’lon qiladi.
24 yoshli qanot hujumchisining avvalgi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan edi. Madridliklar o‘z etakchisini qo‘ldan chiqarmaslik uchun hamkorlikni 2030 yilning yarmigacha uzaytirdi.
Fikrlar