Veynaldum: Ronaldu va Messi mavsumni yaxshi o‘tkazmagan bo‘lishsa-da, doim o‘sha erda bo‘lishadi. Tizimni almashtirish kerak

  • 30 sentabr, 2019, 18:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum FIFAning yilni eng yaxshilarini aniqlash tizimidan norozichilik bildirdi.

Tecno

"Har bir futbolchining o‘z fikri bor. O‘ylashimcha, ayrim futbolchilar yozib bergan tarkibda o‘zining sevimli futbolchilarini kiritgan. Oqibatida mavsumni yaxshi o‘tkazgan futbolchilar chetda qolib ketishadi.

Ronaldu va Messi doim ramziy terma jamoadan joy olishadi. Hattoki, ular mavsumni yaxshi o‘tkazmagan bo‘lishsa ham. Ehtimol, bu tizimga o‘zgartirish kerakdur. Sababi, bu ro‘yxatda bo‘lishi kerak bo‘lgan futbolchilar yo‘q.

Mening fikrimcha, Aleksandr-Arnold va Robertson eng yaxshilar orasidan joy olishlari kerak edi. Bundan tashqari, eng asosiysi Saloh va Mane ham ro‘yxatda bo‘lishi shart edi," - dedi Veynaldum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!