Verner "Liverpul"ga o‘tishi mumkin edi

  • 15 may, 2022, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Timo Vernerda "Liverpul"ga o‘tish imkoniyati bo‘lgan. Biroq u London klubini tanlashga qaror qilgan. 

Tecno

"Ha, menda "Liverpul" varianti ham bor edi. Bu yomon tanlov bo‘lmasdi. Ammo men "Chelsi"ni tanladim va chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldim. O‘ylashimcha, men to‘g‘ri qaror chiqarganman.  

Klopp dunyodagi eng kuchli murabbiylardan biri. Uni barcha nemislar yaxshi ko‘radi. Chunki uning ko‘rinishi kulgili (kuladi). 

Germaniyaliklar Klopp va Tomas Myullerga o‘xshagan insonlarni yoqtirishadi. Sababi, bu toifadagi odamlar samimiy va rostgo‘y bo‘ladi", - dedi germaniyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!