Verner faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Uni "Milan" va "Yuventus" jiddiy kuzatib boryapti

  • 10 dekabr, 2023, 16:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" va "Milan" Timo Vernerga e’tibor qaratmoqda. "Tuttomercatoweb" nashrining xabariga ko‘ra, "Yuventus" va "Milan" Vernerning joriy mavsumdagi "Leyptsig"dagi holatini kuzatmoqda.

Tecno

Verner joriy mavsumda 13 ta o‘yinda atigi 2 ta gol urdi. U ayni paytda mushaklardagi jarohatlari bilan formada emas.

O‘tgan yili u "Yuventus"ga o‘tishga qiziqib qolgandi. Shuning uchun uni qishki transfer oynasida qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lishi mumkin, nemis klubi ham ijara bo‘yicha takliflarga qarshi emas.

Hech bir klub 27 yoshli forvardni doimiy ravishda sotib olish uchun pul ajratishni rejalashtirmayapti. Timoning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!