Vermalen: Agar Enrike "Chelsi"ga kelsa, bu huddi Gvardiola "Siti"ga kelgani kabidir

  • 17 fevral, 2018, 14:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi himoyachisi Tomas Vermalen sobiq ustozi Luis Enrikening “Chelsi” boshqaruviga kelishi haqidaga xabarlarga nisbatan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“U premer-ligada muvaffaqiyat qozonishi mumkin deb o‘ylayman. Bu huddi Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti”ga kelishiga o‘xshab ketadi. Ispan mutaxassislarining ingliz futboliga moslashib ketishlari uchun ko‘p vaqt talab etilishi mumkin, lekin yakunda jamoa yaxshi natijalar ko‘rsatadi.

Mening Luis Enrike bilan munosabatlarim juda yaxshi. U futbolchilar bilan juda yaxshi til topishadi. U futbolchini qanday his qilishni biladi. Agar mendan birga ishlagan eng yaxshi murabbiylar kimlar ekanligi haqida so‘rasangiz, men albatta uni ushbu ro‘yxatga kiritaman”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!