
Van Deyk: Kimdir kelajagim haqida bilaman desa, u sizni aldayapti
Virjil van Deyk kelasi mavsum "Liverpul"da qolish yoki qolmasligini bilmaydi.
33 yoshli himoyachining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
"Keyingi mavsumda nima bo‘lishini bilmayman. Agar kimdir bilaman desa, u sizga yolg‘on gapiryapti.
Shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtaganmi? Hech narsa to‘xtamagan. Men allaqachon aytdim. Agar yangilik bo‘lsa bilib olasiz. Biroq hozircha o‘zim ham nima bo‘lishini bilmayman", - dedi niderlandiyalik himoyachi.
Fikrlar