"Valensiya" to‘purari jamoani tark etadi
"Valensiya" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Rodrigoni sotishga qaror qildi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun o‘z to‘purarini sotib yubormoqchi. O‘z navbatida futbolchi ham faoliyatini birorta grand klubda davom ettirish istagini bildirgan. Shu bois tomonlar bu masalada o‘zaro kelishib olishgan.
Ma’lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum “Valensiya” safida 51ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 10ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar