Urugvay - "China Cup" musobaqasining ketma-ket ikki karra g‘olibi
Bugun Xitoyda o‘tkazilgan "China Cup" turnirining final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Urugvay Tailandga qarshi bahs olib bordi.
Amaldagi chempionlarning ustunligi ostida o‘tgan bellashuvda ular yirik g‘alabani tan’tana qilishdi - 4:0. Shu tariqa, Urugvay "China Cup" musobaqasining ketma-ket ikki karra g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, "China Cup" musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan.
2018 yilda mazkur turnirda Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etdi. Urugvay terma jamoasi bosh sovrin sohibi bo‘lgandi.
"China Cup". Final
Tailand - Urugvay 0:4
Gollar: Matias Vesino 5, Gaston Pereyro 38, Kristian Stuani 57, Maksimiliano Gomes 87
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Eldor Shomurodovning yagona goli evaziga xitoyliklarni taslim etdi va 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.



Fikrlar