
"Urava Red Daymonds" - "Shanxay SIPG" 1:1 (video)
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan Yaponiyaning “Urava Red Daymonds” hamda hamyurtimiz Odil Ahmedov harakat qiladigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yaponiyadagi o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Ammo, Xitoydagi bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgani bois, mehmonda kiritilgan gollar evaziga “Urava” finalga yo‘l oldi.
Ta’kidlash kerakki, Odil Ahmedov ushbu uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar