Umar Eshmurodov masalasida yakuniy qaror e’lon qilindi

  • 9 iyun, 2024, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 11 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida safarda Eronga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, terma jamoamiz himoyachisi Umar Eshmurodov jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurmagani tufayli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Umar Eshmurodov tiklanish mashg‘ulotlarini yurtimizda davom ettiradi. Futbolchimiz shifokorlar va murabbiylar tavsiyasiga ko‘ra Eronga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydigan bo‘ldi", - deyiladi O‘FA xabarida.

Eron - O‘zbekiston uchrashuvi 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!