
Ularga jamoada o‘rin yo‘q: “Barsa” uch futbolchi bilan xayrlashadi
“Barselona” mutasadillari jamoa yuqori maqsadlar sari kurashishi uchun kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ish tarkibni tozalashdan boshlanadi. Bu o‘zgarishlar klub g‘aznasiga pul tushirish, maoshlar fondini qisqartirish, kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan qutilish va yangi ijrochilarga sarmoya va joy bo‘shatish maqsadida amalga oshiriladi.
Manbalarning ta’kiladlashicha, Kataloniya superklubi yozda Frenki de Yong, Ferran Torres hamda Ansu Fatini sotib yuborishga qaror qilgan.
Frenki de Yong yang loyihada yarim himoyaning etakchi o‘yinchisiga aylana olmadi. Ligada eng katta maosh olayotgan futbolchining foydalilik darajasi unga berilayotgan mablag‘ni oqlamayapti.
Ferran Torres asosiy tarkibga kirish uchun raqobatda hech o‘zini ko‘rsata olmayapti. U keyingi paytda zaxira o‘rindig‘i o‘yinchisiga aylanib qolgan.
Ansu Fati bir paytlar “Messining vorisi” sifatida qadrlanardi. Ketma-ket jarohatlar uni “Barselona” uchun kerak bo‘lmay qolgan futbolchiga aylantirdi.
Fikrlar