
Ulaanbaatar Grand Slam. Bugun uch nafar dzyudochimiz medallar uchun bahslarga kirishadi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari boshlandi.
Bugun erkaklar -73, -81 kg, ayollar -63 va -70 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingiga beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Yurtimiz sharafini himoya qiladigan Hojiakbar Toshev, Murodjon Yo‘ldoshev va Amirbek Aminovga g‘alaba va omad yor bo‘lsin.
Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Mate Beruashvili (Gruziya)/ Lin Gaoxuey (Xitoy)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Abdul-Kerim Tasuev (IJF)/Almazjan uulu Tegin (Qirg‘iz Respublikasi)
-81 kg: Amirbek Aminov - Kote Kapanadze (Gruziya)
Fikrlar