
U ketishga tayyor
“Tottenxem” yulduzi Harri Keyn faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishni istamoqda.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 27 yoshli hujumchi kelasi mavsum oldidan klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Serxio Agueroning o‘rnini egallashini kutmoqda. Keynning o‘zi ham ispaniyalik mutxassis qo‘l ostida yangi qirralarini ochishga qiziqmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Keyn “shaharliklar” rahbariyati “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Leviga maqbul keladigan summani to‘lashga tayyorligigi ishonch bildiryapti. Bu summa 116 million evroni tashkil etishi mumkin.
“Tottenxem” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Harri Keyn 2011 yildan buyon asosiy tarkib hujumchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Shunga qaramay, Keyn biror nufuzli sovrin yutish uchun qudratliroq jamoaga o‘tishni rejalashtirgan.
Harri Keyn joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar