Tuxel Sulsherning kursisini egallamoqchi
PSJdan ketishi kutilayotgan Tomas Tuxel “Manchester Yunayted”ni boshqarishni rejalashtirmoqda. Yaqinda Tuxelning parijlik shogirdlari Angliyada “Manchester Yunayted”ni er tishlatib ketgani bejiz emas, shekilli.
Germaniyalik mutaxassisning PSJ bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. Klub rahbariyati uning o‘rniga Massimiliano Allegrini olib kelishga harakat qilyapti.
Tomas Tuxelning jamoa etakchilari bilan munosabati yaxshi emas. Xususan, Anxel Di Mariya bilan munosabati yomonlashgani ortidan argentinalik yarim himoyachi jamoa bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda.
“Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasida bosh sovrin uchun kurashish imkoniyatlarini pasaytirib yuborgani ortidan Sulsherning ketishi haqida xabarlar tarqala boshladi.



Fikrlar