Tuxel rahbariyatdan norozi

  • 1 fevral, 2022, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning qanot himoyachilari Bin Chiluell va Rim Jeyms jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin bosh murabbiy Tomas Tuxel qishki transferlar vaqtida himoya qanotiga yangi o‘yinchi olishni rejalashtirgan edi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis rahbariyat transferni amalga oshirish uchun bir necha o‘yinchilarning imkoniyatlarini tahlil qilib, kimlarni olish mumkinligini ma’lum qildi.

Biroq, klub rahbariyati yanvar oyida Tuxel kutganidek harakat qilmadi. Mutasaddilari Janubiy Amerikaga ijaraga jo‘natilgan  Kenedini “Flamengo”dan ortga qaytardi xolos. Endi Tuxel vaziyatdan chiqishi uchun chap qanotda tezligi pasayib ketgan Markos Alonso va ijaradan qaytgan Kenedi bilan kifoyalanishga majbur.

Klub mutasaddilaridan xafsalasi pir bo‘lgan Tuxel zaxira varianti sifatida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan markaziy himoyachi Malang Sarrni chap qanotga o‘tkazishni rejalashtiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!