Tuxel "kalla qo‘ydi" yoxud "Bavariya" "Siti"dan shunchalik kuchsizmi?

  • 12 aprel, 2023, 02:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti" "Bavariya"ni "ko‘mib" qo‘ya qoldi - 3:0. Myunxendan tashrif buyurgan "qizil mashina" bu to‘qnashuvda tezlikka chiqish tugul, hatto yurishga ham qiynalib qoldi. Xo‘sh, bu qadar ojizona mag‘lubiyatning sabablari nimada yoki "Bavariya" rostan shu darajada kuchsizmi? Quyida shu kabi savollarga qo‘ldan kelgancha javob beramiz.

Tecno

IMG_20230412_025254_346

Qo‘rqoq taktika

Tuxel "Bavariya" murabbiyi qanday bo‘lishi kerakligini umuman bilmaydi. Bunisi mazkur uchrashuvda yaqqol sezilib qoldi. Biz bilgan myunxenliklar qarshisida kim turishiga qarab o‘tirmaydi. Xoh "Real" bo‘lsin, xoh "Barsa" barchasiga birdek hujumkor va agressiv futbol taklif etiladi. Biroq bugun nemischa futbolning "oyog‘ini osmondan" qilib yuborishdi. "Siti"dek klubni o‘z jarima maydoniga chorlash, yana Xolandi, de Bryuynesi bor jamoaga qarshi bunday usul tanlash g‘irt mantiqsizlik. Ustiga-ustak, tarkibda Upamekano ismli yigit allambalo harakatlari bilan "yaxshigina" obro‘ga ega bo‘ldi. Vaholanki, raqibga kuchli pressing va total futbol taklif etilganda, Gvardiola shogirdlari maydonda bu qadar erkin "ijod" qila olmasmidi?! Har xolda, Klopp bu borada "Liverpul" bilan Pepning raqiblariga bir necha marta master-klass o‘tib bergan.

IMG_20230412_025258_700

Tushunarsiz qaror

Myuller, Kanselu va Mane kabi tajribali futbolchilarning zaxirada qolishini hazm qilish oson emas. To‘g‘ri, Musiala - super iqtidor egasi, Gnabri va Koman tezlikka ishlaydi. Upamekano esa mudofaada ishonchli tanlov (bu o‘yingacha shunaqa edi). Biroq bunday muhim uchrashuvlarda tajriba katta ahamiyatga ega ekanini Tuxel janoblari unutib qo‘ygan ko‘rinadi. Goldan so‘ng o‘zini yo‘qotib qo‘ygan yoshlar ketma-ket xatolar qilishda davom etdi. Raqib "qaltirayotganini" ko‘rgan "Siti" futbolchilari bosimni kuchaytirishdi va o‘z maqsadiga to‘liq etishdi.

 

Aslida, "Bavariya" raqibdan bu darajada ojiz emas. Shunchaki, murabbiylar duelida Pep Tomasga saboq berib qo‘ydi. Keyingi bahsda mo‘jiza tufayligina nemis chempionlarini yarim finalda ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun "Bavariya" "Real"cha uslubni "yoqib olib" maydonga tushishi kerak bo‘ladi. Germaniyaliklar bu vazifani eplay olarmikin?! 

 

Shohrux Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!