
Tuxel ikki o‘yinchidan voz kechdi
Britaniyaning Goal nashrida faoliyat olib borayotgan jurnalist Nizaar Kinsella “Chelsi” rahbariyati Ross Barkli va Lyuis Beykerni transferga qo‘ygani haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Har ikki o‘yinchi Tomas Tuxel boshqarayotganidan beri asosiy tarkibga kira olmayapti. Shu bois klub xo‘jayinlari ularni ijaraga bermasdan, to‘liq sotib yubormoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, Lyuis Beyker bo‘yicha birorta taklif yo‘q. U quyi ligadan ish topishi mumkinligi aytilmoqa.
Bu borada Ross Barklining omadi chopgan. Uni premer-liganing o‘zidan bir necha jamoa o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Ma’lumotlarga qaraganda, “Nyukasl Yunayted”, “Lids Yunayted”, “Byornli” va “Everton” Ross Barkli transferi bo‘yicha “aristokratlar”ga murojaat qilgan.
Fikrlar