
"Turon"ga kelib birorta o‘yinda maydonga tushmagan legioner klubni tark etdi
Superligani tark etgan “Turon” klubi oxirgi turda “Andijon”ni yutganidan keyin ta’tilga chiqdi.
Ma’lumki, joriy yilda klubga ko‘plab o‘yinchilar kelgandi. Ammo ularning barchasi ham kutilgan natijani bermadi.
Yozgi transfer oynasi ochilgan mahalda “Turon” klubi tojikistonlik himoyachi Firdavs Chakalov bilan shartnoma imzolagandi. O‘ziga 20-raqamni tanlagan futbolchiga negadir mutlaqo imkoniyat berilmadi. Natijada Firdavs jamoasining birorta o‘yinida maydonga tushmadi. Faqat 3-4 marta o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynadi xolos.
Ma’lumot uchun Firdavs Chakalov bugunga qadar Maldivning "Viktoriya SK", Tojikistonning "Xo‘jand" klublari safida harakat qilgan qilgan. Shuningdek iqtidorli himoyachi OFK Kubogi musobaqasi ishtirokchisi ham hisoblanadi.
Qolaversa, o‘tgan yili Tojikiston chempionatida eng yaxshi himoyachi sifatida e’tirof etilgandi. “Turon”ga kelib asosan zaxirada o‘tirgan legioner oxir-oqibat mavsum tugashini kutmasidan rahbariyat bilan kelishib jamoani tark etdi.
Fikrlar