"Turon" futbolchisi: "Maydonda murabbiy o‘ynamaydi, biz o‘ynaymiz. Shuning uchun murabbiydan muammo yo‘q"

  • 13 iyun, 2023, 11:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Yaypanning “Turon” klubi joriy yilda Superligada hozircha g‘alaba qozona olmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Tecno

O‘tgan yili pro ligadan yana kuchlilar safiga qaytgan jamoaning qayd etayotgan natijalari ashaddiy muxlislarini xafa qilayotgani bor gap.

Birinchi davra oxirlab qoldi, nahot yaypanliklar mavsumning dastlabki qismini g‘alabasiz tugatishsa?!

Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Xushnud Avilovga yuqoridagi masalalar bo‘yicha savollar berdik.

- Chempionatimizda biroz tanaffus e’lon qilindi. Bu narsa qiyin o‘tayotgan mavsumda “Turon” uchun ayni muddaomi? Ya’ni, tanaffus jamoaga zarurmidi yoki aksinchami?

- Jamoamizga tanaffus kerak edi, deb o‘ylayman. Nimagaki, yangi murabbiyning o‘z o‘yin uslubi bor. Biz o‘sha tanaffusda ish uslubiga o‘rganamiz.

avilov_1

- Yana 2 ta turdan keyin rasman birinchi davra bahslari yakunlanadi. Tarkib jiddiy o‘zgarishlarga muhtojmi yoki shu futbolchilar bilan ham vaziyatdan chiqib ketsa bo‘ladimi?

- Bilmayman, buni murabbiylar va rahbariyat hal qiladilar. Klubga kim keladi yoki kim ketadi, hammasi boshliqlarga bog‘liq. Hozircha shu jamoa bilan o‘ynaymiz.

- Siz uchun joriy yilda “Turon”dagi eng alamli o‘yin sifatida qaysi uchrashuvni aytgan bo‘lardingiz?

- Men uchun “Olimpik” bilan o‘yin juda qiyin bo‘ldi va jamoamiz yutqazib qo‘ydi. Meni birinchi bo‘limdan keyin zaxiraga olishdi. O‘sha uchrashuv men uchun esda qoladigan bo‘ldi.

avilov3

- “Turon” murabbiy o‘zgarganidan keyin ham yutolmayapti. Balki o‘yinchilar rossiyalik mutaxassisning o‘yin uslubiga to‘liq moslasha olmayotgandir. Bu borada nima deysiz?

- Buni sababi ko‘p. O‘zimiz g‘alaba qozona olmayapmiz. Maydonda murabbiy o‘ynamaydi, biz o‘ynaymiz. Shu bois hozircha murabbiydan muammo yo‘q.

- Iyul oyida transfer oynasi ochiladi. O‘zingizni rejangiz qanday? Jamoada faoliyatingizni davom ettirasizmi yoki boshqa variantlarni ko‘rib chiqasizmi?

- Jamoam bilan ikki yillik shartnomam bor. “Turon” xo‘jayinlari nima desa shu. Lekin faoliyatimni Xudo xohlasa, “Turon”da davom ettiraman. Bizga ishonch bildirayotgan murabbiylarga va rahbariyatga rahmat. Nasib qilsa, “Turon” hali o‘z so‘zini aytadi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muratbay
15/06/2023 21:37
Турон суперлигада калишни хакласа ярдам бераман 949893525