
Turkiya Superligasi. "Rizespor" "Fenerbaxche"ga yirik hisobda yutqazdi, "Fotih Karagyumryuk" o‘z uyida engildi. Legionerlarimiz esa...
Turkiya Superligasi 7-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi.
Husniddin Aliqulov to‘p tepadigan "Rizespor" jamoasi safarda "Fenerbaxche"ga yirik 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hamyurtimiz zaxirada qoldirildi.
Otabek Shukurov harakat qiladigan "Fotih Karagyumryuk" esa o‘z maydonida "Qosimposho" klubiga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Legionerimiz bahsni asosiy tarkibda boshladi va 78-daqiqada zaxiraga olindi.
Ayni paytga kelib, "Rizespor" 11 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan. "Fotih Karagyumryuk" esa 6 ochko to‘plagan holda 15-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar