
TsSKA braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi
Braziliyaning "Flamengo" klubi yarim himoyachisi Lorran Rossiya chempionatiga yo‘l olmoqda. "Globo" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi faoliyatini TsSKA klubida davom ettiradi. Moskva klubi braziliyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan.
Bitim summasi 8 million evroni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘ yaqin vaqt ichida to‘lanishi rejalashtirilgan.
Lorran o‘tgan yilning yanvar oyidan beri "Flamengo" safida o‘ynamoqda. Yarim himoyachi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. "Transfermarkt" ekspertlari futbolchini 12 million evroga baholamoqda.
Fikrlar