Tsarukyan: "Men har kuni u bilan revansh jangi haqida o‘ylayman"

  • 4 aprel, 2024, 12:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn (70,3 kg) toifasidagi UFC jangchisi Arman Tsarukyan divizionning amaldagi chempioni Islom Maxachev bilan revansh jangini o‘tkazish istamoqda. Ma’lumki, 2019 yil aprel oyida Arman UFC dagi ilk jangida hakamlarning qarori bilan dog‘istonlikka yutqazib qo‘ygandi.

Tecno

 "Men har kuni Maxachev bilan revansh haqida o‘ylayman. Ba’zida shunday deb o‘ylab qolaman: men avval, Charlz ustidan g‘alaba qozonaman va so‘ngra Islom Maxachevga qarshi jang qilaman", - dedi Tsarukyan .

 Eslatib o‘tamiz, 14  aprel kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 300" yubiley turnirida Tsarukyan (21-3) oktagonda sobiq chempion Charlz Oliveyra (34-9-1 N/C) bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!