
"Tottenxem" yangi bosh murabbiy bilan kelishib oldi!
"Brentford" jamoasi bosh murabbiyi Tomas Frank "Tottenxem"ning yangi ustoziga aylanadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, "shporlar" 51 yoshli murabbiy bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Aytilishicha, daniyalik mutaxassis uchun kompensatsiya sifatida "Tottenxem" "arilar"ga 11,8 million evro to‘laydi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tottenxem" Evropa ligasidagi g‘alabadan so‘ng Anje Postekogluni iste’foga chiqarganini e’lon qilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, londonliklar o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 38 ta o‘yinda atigi 38 ochko to‘plab, turnir jadvalida 17-o‘rinni egallagan edi. "Brentford" esa 56 ochko bilan 10-o‘rinda yakunlagan edi.
Fikrlar