"Tottenxem" Solankeni nishonga oldi, u qishda Londonga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 27 dekabr, 2023, 14:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi "Bornmut" hujumchisi Dominik Solankeni sotib olmoqchi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, "shporlar" Solankeni qishki transferlar oynasidayoq o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti.

Tecno

London klubi Xarri Keyn o‘rniga "Brayton" forvardi Evan Fergyusonga ham ko‘z tikkandi. Ammo uning jamoasi hujumchini sotilmasligini ma’lum qilgach, "Tottenxem" rahbariyati Dominikka bor e’tiborini qaratdi. 

Ayni vaqtda Solanke "Bornmut" safida APLning 18 o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 gol va 1 assistni yozdirib qo‘ydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!