"Tottenxem" Saudiyada to‘p tepayotgan hujumchini APLga qaytarishi mumkin

  • 5 avgust, 16:32
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi hujumchisi Aleksandar Mitrovich "Tottenxem" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal ma’lum qilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, "Al-Hilol" 30 yoshli serbiyalik futbolchini "Tottenxem"ga taxminan 35 million evro evaziga sotishga tayyor. Biroq, London klubi uchun jiddiy to‘siq Mitrovichning yillik maoshi bo‘lib, u qariyb 25 million evroni tashkil etadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, futbolchi faoliyati davomida APLning "Nyukasl" va "Fulxem" klublari safida to‘p tepgan.

O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda jami 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 28 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Mitrovichning transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!