"Tottenxem" o‘zining transfer rekordini yangilaydi

  • 2 iyul, 2019, 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi yarim himoyachisi Tangi Ndombele faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ingliz klubi 22 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 73 mln evro to‘laydi. E’tiborlisi, bu “shporlar” tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.

Ta’kidlash kerakki, hozircha ularning eng qimmat futbolchisi Devinson Sanches hisoblanadi. “Tottenxem” ushbu futbolchi uchun 2018 yil "Ayaks"ga 40 mln evro to‘lagan edi.

Ma’lumot uchun, Ndombele o‘tgan mavsum “Lion” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!