
"Tottenxem" Keynning narxini e’lon qildi
"Tottenxem" klubi rahbariyati jamoaning asosiy hujumchisi Xarri Keynning narxini e’lon qildi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” angliyalik futbolchini 282 million evroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Keynga "Real", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi klublardan qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar