
"Tottenxem" Eze transferiga Risharlisonni qo‘shishi mumkin
"Tottenxem" "Kristal Pelas" vingeri Eberechi Eze uchun muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq 60 million funtlik kelishuv haqida xabar berilgandi, ammo "Pelas" unga o‘rinbosar topmasdan turib futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.
"Sky Sports"ning ma’lumotiga ko‘ra, "shporlar" kelishuvga Risharlisonni ham qo‘shish variantni ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik forvardning ketishi klubga "Brentford" hujumchisi Yoan Vissa uchun yo‘l ochishi mumkin. Bu futbolchini jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank juda ham xohlamoqda.
Shu bilan birga, "Kristal Pelas" Ezening o‘rniga "Bryugge"dan Xristos Tsolis va "Lester"dan Bilyal El-Xannuss nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar