Toshkent dengizida kurash qizg‘in...

BEPUL PROPAN

Toshkent dengizida U18 va kattalar o‘rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

Kattalar o‘rtasidagi K1 yo‘nalishida Shahriyor Mahkamov va Arina Tanatmisheva marraga birinchi bo‘lib etib kelgan bo‘lsa, S1 toifasidagi bahslarda Mirjalol Komilov hamda Nilufar Zokirova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha U18 yosh toifasida o‘tgan poygalarda D.Kryukov, B.Ergashev, M.Dushev-Yanich, Z.Kozakova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Darvoqe, ushbu bellashuvlar 2000 metr masofada tashkil etildi.

5 ming metr masofada o‘tkazilgan bellashuvlarning K1 yo‘nalishida O.Zarubin va A.Tanatmisheva kattalar orasida, D.Kryukov hamda M.Dushev-Yanich yoshlar o‘rtasida chempionga aylandi. 

S1 bahslarida esa M.Komilov, B.Ergashev, N.Zokirova, M.Qodirjonovaga o‘z yosh toifalarida teng keladigani topilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!