
To‘rt daqiqa o‘ynagan Ronaldu o‘yindan keyin nimalar dedi?
“Manchester Yunayted” ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin, nihoyat, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Erik ten Xag shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Liverpul”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Manchesterliklarning 37 yoshli yulduzi Krishtianu Ronaldu 86-daqiqada maydonga tushdi. Uchrashuvdan keyin portugaliyalik to‘purar g‘alabali o‘yinga munosabat bildirdi.
- Zo‘r ish bo‘ldi! “Old Trafford”ga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab turganlarning bariga rahmat, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Ronaldu “Liverpul”ga qarshi bir necha daqiqa o‘ynadi va tabiiyki, qisqa fursatda o‘zini ko‘rsata olmadi.
Manchesterliklar navbatdagi uchrashuvini 27 avgust kuni “Sautgempton”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar