Topuriya — Xollouey to‘qnashuvida zahira jangchisi kim bo‘ladi?

  • 16 sentabr, 2024, 16:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Habaringiz bor, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida "UFC 308" turniri o‘tkaziladi. Uning asosiy to‘qnashuvida amaldagi chempion Iliya Topuriya (15-0) va Maks Hollouey (26-7) o‘zaro jang qiladi. Braziliyalik Diego Lopes (26-6) esa mazkur baxsning zahira jangchisiga aylanadi. Bu xaqida UFC raxbari Dana Uayt habar berdi.


"Diego Lopes Iliya Topuriya va Maks Xollouey jangini sug‘urtalashi mumkin. Biz bu uchun qo‘limizdan barcha ishni qilamiz. Nega aynan Lopes bunga loyiq ko‘rildi, deysizmi? Chunki u xaqiqatdan xam ajoyib MMA ustasi. Unga birgina etirozim: oktagondagi noo‘rin gaplarini yig‘ishtirib olsa bas", - dedi UFC prezidenti.

Malumot uchun, Diego Lopes  29 yoshda. UFC da 6 ta jang o‘tkazgan braziliyalik faqatgina Movsar Evloevga taslim bo‘lgan, holos.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!